O‘zbekiston | 12:59 / 24.11.2025
1599
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent, Navoiy va Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishida peshqadam

2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda 865,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoat hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 foizga oshgan bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri, Navoiy viloyati va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatiga respublikada 58,6 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 22,9 mln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 167,6 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 155,1 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 132,4 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 83,7 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 45,8 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 44,9 trln so‘m;
  • Buxoro viloyati — 39,4 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 37,2 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 30,9 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 29 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 27,1 trln so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,5 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 20,6 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 14,4 trln so‘m.

Ko‘rinib turibdiki, sanoat ishlab chiqarishining eng katta ulushi Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu hududlarda yirik sanoat markazlari, kon-metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va qayta ishlash tarmoqlari jamlangani ta’kidlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid