Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan arxiv xizmatlari uchun talab etiladigan hujjatlar qisqaradi
2026 yildan arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha hujjatlar talab qilish bosqichma-bosqich bekor qilinadi, ayrim xizmatlar bo‘yicha ko‘rsatish muddatlari esa bir necha martaga qisqartiriladi. Bu fuqarolar va tashkilotlar uchun arxiv bilan ishlash jarayonini ancha yengillashtiradi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi, jumladan:
talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishda tegishli arxiv muassasasi yoki tashkilot rahbarining tavsiya xati;
mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berishda so‘ralayotgan hujjatning nusxasi.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan qator arxiv xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladi:
- arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berish muddati 15 ish kunidan 5 ish kunigacha;
- yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash muddati 20 ish kunidan 10 ish kunigacha;
- oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish muddati 5 ish kunidan 2 ish kunigacha;
- arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) muddati 3 ish kunidan 1 ish kunigacha.
Ushbu o‘zgarishlar arxiv xizmatlarining tezkorligi va qulayligini oshirish, fuqarolar va tashkilotlar zimmasidagi byurokratik yukni kamaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:00 / 13.04.2026
Oliy ta’limda milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
09:45 / 07.04.2026