Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi modernizm yodgorliklari YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
Turizmni rivojlantirishga oid prezident qarori asosida, Toshkentdagi modernizm durdonalarini YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish va Toshkentni eng ko‘p mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilishiga erishish vazifalari belgilandi. Shuningdek, Samarqandda 6,6 kmlik turistik marshrut tashkil etish, Xivada Ichan-qal’ani immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston hukumati Toshkent shahridagi modernizm yodgorliklarini YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha materiallarni taqdim etadi.
Bu – Turizmni rivojlantirishga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Toshkentni eng ko‘p mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilishiga erishish vazifasi ham qo‘yildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy obektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha “Samarqandning meros yo‘li” loyihasi ham amalga oshiriladi.
Aholining turmush tarzi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uyg‘unlashtirgan holda Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlar 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning ijrosi uchun Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi va qayta tashkil etilgan Turizm qo‘mitasi mas’ul bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
09:51 / 09.02.2026
Toshkentda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari davom etmoqda
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026