Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
U tunda fuqarolarning tinchligini buzgach, oshxona ishchilari IIVning «tashvish tugmasi» orqali tezkor guruhni chaqirgan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda Malibu haydovchisi mast holatda avtomobil boshqarib, odamlarni so‘kib yurgani aytilgan video tarqaldi. Xabarda u go‘yoki ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik ko‘rsatib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qutulib ketgani aytilgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Kun.uz’ga holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Mirobod tumani Chimkent ko‘chasida ro‘y bergan, ayni vaqtda bezori qo‘lga olingan va ish sudga oshirilgan.
«Joriy yilning 25 noyabr kuni soat 23:06 larda, Mirobod tumani, Chimkent ko‘chasida joylashgan «Patriki» nomli oshxona ishchilari tomonidan, shu joyda IIV tomonidan o‘rnatilgan “tashvish tugmasi” orqali Mirobod tumani Qo‘riqlash bo‘limiga bir fuqaro mast holda janjal qilayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Soat 23:10 larda tungi xizmatga jalb qilingan tuman Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari voqea joyiga yetib kelganda, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. oshxona oldida mast holatda jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qaddan mensimasdan, fuqarolarning tinchligini va jamoat tartibini buzayotgani aniqlanib, mazkur fuqaroning huquqbuzarligini bartaraf etish jarayonida, Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgani sababli, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatilib, fuqaro zararsizlantirilgan va tuman IIBga topshirilgan», – deyiladi izohda.
Hozirda Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida sud organlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
13:15 / 03.12.2025
Mirobod tumanida Chery haydovchisi piyodani urib yubordi
17:00 / 29.10.2025
Apex Development Mirabad Square debyut loyihasi sotuvlari boshlanganini e’lon qiladi
20:56 / 25.10.2025
Moskvada migrantlarning ommaviy mushtlashuvidan keyin 40 kishi ushlandi
10:59 / 24.10.2025