Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumani hokimligi bosh yuristkonsulti 4 ming dollar bilan ushlandi
Yashnobod tumani hokimligi bosh yuristkonsulti sudning tadbirkor foydasiga qabul qilgan hal qiluv qaroriga apellyatsiya bermaslik evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan. U Davlat xavfsizlik xizmati va Departament xodimlari tomonidan 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro 2022 yil oktyabr oyida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan 80 kvadrat metr yer maydonini E-auksion dasturi orqali yutib, 49 yil muddatga ijaraga olgan.
Turli sabablarga ko‘ra qurilish ishlari to‘xtab qolgani va yer maydonidan uzoq muddat foydalanilmagani bois, 2025 yil sentabr oyida Yashnobod tumani hokimligi tomonidan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Biroq tadbirkor tomonidan asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgach, sud ishni uning foydasiga hal qiluv qarori qabul qilgan.
Sud jarayonlarida da’vogar sifatida qatnashgan Yashnobod tumani hokimligi bosh yuristkonsulti esa o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bermaslik evaziga tadbirkordan 5 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh yuristkonsult tamagirlik yo‘li bilan 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
08:22
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
09:00 / 01.12.2025
Yashnobod tumanidagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
08:03 / 01.12.2025
2 ming dollar talab qilgan hokim yordamchisi ushlandi
08:08 / 19.11.2025