Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minalar qurboniga aylanayotganlar orasida tinch fuqarolar ulushi oshib bormoqda
Piyodalarga qarshi minadan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro konvensiya mavjud bo‘lishiga qaramay, davlatlar ulardan foydalanishda davom etmoqda. Rossiya bilan chegaradosh bir qator Yevropa mamlakatlari hatto mudofaa maqsadida mina kamarini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Foto: iacheslav Madiievskyi/Ukrinform/Photoshot/picture alliance
2024 yilda jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarda tinch aholi piyodalarga qarshi minalardan tobora ko‘proq jabr ko‘rdi. Bu haqda Handicap International nodavlat tashkiloti tomonidan dushanba kuni, 1 dekabrda Jyenevada taqdim etilgan hisobotda aytilgan. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda minalar 6279 kishini o‘ldirgan yoki yaralagan, ularning 90 foizini tinch fuqarolar tashkil etgan, zarar ko‘rganlarning yarmi esa bolalardir. Portlashlarning ko‘pchiligi Myanmada ro‘y bergan — bu yerda hunta tinch aholiga qarshi piyodalarga qarshi minalardan foydalanmoqda. Tashkilot jabrlanuvchilar soni oshishini dunyo bo‘ylab faol qurolli to‘qnashuvlar ko‘paygani bilan bog‘lamoqda.
Handicap International BMTning piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni taqiqlovchi Ottava konvensiyasi bajarilishi ustidan kuzatuv olib boradi. Ushbu kelishuv ishtirokchi davlatlarni hech qachon va hech qanday sharoitda bunday minalarni ishlatmaslikka, ishlab chiqarmaslikka, xarid qilmaslikka, shuningdek, ularni zaxiraga jamlamaslikka va uchinchi tomonlarga o‘tkazmaslikka majbur qiladi. Bu turdagi qurol ayniqsa g‘ayriinsoniy va shafqatsiz, deb hisoblanadi, chunki mina harbiylarni ham, tinch fuqarolarni ham farqlamasdan zarar yetkazishi mumkin.
Ottava konvensiyasini 100 dan ortiq davlat imzolagan. Ular orasida Rossiya, AQSh va Xitoy kabi yirik davlatlar yo‘q. RF dunyodagi eng katta piyodalarga qarshi minalar zaxirasiga ega — taxminan 26 million dona. Ulardan ko‘p qismi Ukrainaga qarshi urushda allaqachon ishlatilmoqda.
Handicap International hisobotida, jumladan, beshta Yevropa mamlakati — Finlandiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polsha tanqidga uchragan. Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida bu davlatlar Ottava konvensiyasidan chiqish niyatini e’lon qilgan. Ular Rossiya va Belarus bilan quruqlik chegarasi bo‘ylab ehtimoliy harbiy tajovuzdan himoyalanish maqsadida mina kamarini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Joriy yil yozida Ukraina ham kelishuvdan chiqishini e’lon qildi. Shunga qaramay, konvensiya shartlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya bilan urush tugamaguncha unda nazarda tutilgan barcha majburiyatlarga amal qilishni davom ettirishi kerak.
Handicap International ekspertlarining qayd etishicha, Ukraina Ottava konvensiyasiga zid ravishda piyodalarga qarshi minalarni allaqachon ishlatgan bo‘lishi mumkin. 2024 yilda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga Rossiya harbiy tajovuzidan himoyalanish maqsadida bunday minalar yetkazishga ruxsat berdi. Bu bilan Vashington o‘zining 32 yildan beri amal qilib kelgan eksport embargosini buzgan hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:23 / 18.10.2025
Samarqandda bir oilaning 7 a’zosi halok bo‘lgan portlash bo‘yicha gaz idorasi xodimlari ozodlikdan mahrum qilindi
08:46 / 02.08.2025
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
17:09 / 18.03.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi konvensiyadan chiqmoqchi
17:25 / 28.05.2024