Germaniya Rossiya tahdidi tufayli piyodalarga qarşi minalarni taqiqlaş xalqaro konvensiyasidan vaqtinça çiqişi kerak. Bu haqda Bundestagning taşqi işlar böyiça qömitasidagi Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari (XDI/XSI) konservativ bloki vakili Roderix Kizevetter ma’lum qildi. Germaniyada hukmron koalitsiyaga XDI/XSI bloki yetakçilik qiladi.
«Men Ottava şartnomasidan vaqtinça çiqiş tarafdoriman. To Rossiya öziga qöşni davlatlarning mavjud böliş huquqini tan olmaguniga qadar», — dedi Kizevetter ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
«Konvensiyadan allaqaçon çiqib ketgan davlatlar Rossiya harakatlari tufayli özini xavf ostida his qilmoqda. Bunday qurol turi Ottava şartnomasida taqiqlangan, çunki undan keng kölamli harbiy muvaffaqiyatlarga juda tez erişiş uçun foydalaniş mumkin. Agar biz bu davlatlar boşdan keçirayotgan xavfsizlik xavotirlarini qabul qilsak va tuşunsak, töğri qilgan bölamiz», — deya qöşimça qildi siyosatçi.
Kizevetterning eslatişiça, Germaniya va Rossiya umumiy çegaraga ega bölmasa-da, Litvada Bundesverning zirhli tank brigadasi joylaşgan. Siyosatçining fikriça, unga Rossiya Federatsiyasi tahdid qilmoqda. «Germaniya özidan söraşi kerakki, bu bizni Litvada nişon ostiga qöyadimi va biz töxtatuvçi kuç yöqligi sababli zaif bölib qolyapmizmi», dedi deputat.

















