Uşbu mamlakalatlar mudofaa vazirlarining qöşma bayonotida aytilişiça, mintaqada xavfsizlik bilan boğliq vaziyat «sezilarli darajada yomonlaşgan», Rossiya va Belarus bilan çegaradoş NATO davlatlariga esa harbiy tahdidlar «ança oşgan».

«Bizningça, hozirgi xavfsizlik şaroitida mudofaa kuçlarimizga moslaşuvçanlik beriş va alyansning zaif şarqiy qanotini mustahkamlaş uçun yangi qurol tizimlari hamda yeçimlaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim etiş nihoyatda muhim», — deydi vazirlar. Şu bilan birga, ular konvensiyadan çiqiş taklifiga qaramay, öz mamlakatlari xalqaro gumanitar huquqqa sodiq qolişlarini ta’kidlagan.

Latviya, Litva, Estoniya va Polşaning Ottava konvensiyasidan çiqişiga oid yakuniy qarorni uşbu mamlakatlarning parlamentlari ma’qullaşi kerak böladi.

«Umumiy mintaqaviy yeçim aniq signal bermoqda — Rossiya bilan çegaradoş davlatlar öz fuqarolarining xavfsizligini ta’minlaş uçun barça çoralarni körişga tayyor», — deydi Litva mudofaa vaziri Dovile Şakalene.

Latviya, Litva va Estoniya 2024 yil boşidayoq potensial Rossiya tajovuziga qarşi mudofaani mustahkamlaş maqsadida Ottava konvensiyasidan çiqiş ehtimolini körib çiqqan. Natijada uşbu davlatlar piyodalarga qarşi minalar zaxirasini, şuningdek, tinç aholi uçun kamroq xavf tuğdiradigan boşqa vositalarni köpaytirişga qaror qilgan.