Jizzax viloyatida harakatlanib ketayotgan “Nexia-2” maşinasining gazballoni portlab ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 28 may kuni soat 13:00 larda sodir bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda maşina bölaklanib ketganini va atrofda hatto inson tanasining ayrim qismlari soçilib yotganini köriş mumkin. Maşina haydovçisi va undagi yölovçilarning taqdiri noma’lumligiça qolmoqda.
Qayd etilişiça, hozirda maşinada neça kişi bölgani va unda ketayotgan haydovçi va yölovçilar soniga aniqlik kiritiş uçun suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.








