Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 5 soatda ijtimoiy tarmoqda 160 dan ortiq post joyladi
Oq uy rahbari bir qator repostlarni qildi va bir nechta g‘azabli xabarlar yozdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 dekabr kuni kechqurun o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida taxminan 5 soat ichida 160 dan ortiq post joylashtirdi, deb yozdi Daily Beast.
Ularning aksariyati «MAGA-do‘stona kontent» repostlari, jumladan, Fox News, konservativ videobloger Benni Jonson va radioboshlovchi Aleks Jons sahifalaridan olingan postlardir.
«Soat 19:09 dan 23:57 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 160 dan ortiq post <...> va ularning aksariyati ikki martadan chop etilgan. Ba’zi holatda prezident har daqiqada bittadan ortiq post qoldirgan», deyiladi maqolada.
Oq uy rahbari bir qator repostlarni boshlashdan oldin shaxsan o‘zi ham bir nechta g‘azabli xabarlar yozdi. Xususan, u arizonalik senator, sobiq dengiz floti kapitani va NASA astronavti Mark Kellini tanqid qildi - Tramp uni demokrat hamkasblari bilan birgalikda harbiy xizmatchilarga noqonuniy buyruqlarni bajarishdan bosh tortish konstitutsiyaviy majburiyatini eslatgan videoni suratga olganidan keyin «sotqin» deb atagan edi.
Tramp Truth Social platformasining faol foydalanuvchisi sifatida tanilgan, ammo nashrning yozishicha, «bu postlar to‘lqini hatto uning maqomi inobatga olinganda ham aqldan ozdiradi».