Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada SnapChat ilovasi bloklandi
Roskomnadzor jinoyatchilar SnapChat’dan terroristlarni yollash, shuningdek, firibgarlik maqsadida foydalanayotganini ma’lum qildi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ilovani bloklash bo‘yicha choralar oktyabr oyidayoq ko‘rilgan.
Roskomnadzor (RKN) AQShda ishlab chiqilgan foto va video almashish ilovasi SnapChat’ni bloklaganini e’lon qildi. Rossiya idorasi payshanba kuni, 4 dekabrda, bu qarorning sababi sifatida ushbu messenjer orqali terroristlarni yollash va firibgarlik operatsiyalari amalga oshirilishini ko‘rsatdi.
«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga ko‘ra, SnapChat mamlakat hududida terroristik harakatlarni tashkil etish va o‘tkazish, ularning ijrochilarini yollash, shuningdek, fuqarolarimizga qarshi firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etish uchun qo‘llanmoqda», — deyiladi Roskomnadzor bayonotida. Shuningdek, ma’lumotda SnapChat 10 oktyabr kuni bloklangani qayd etilgan.
Xuddi shu kuni Roskomnadzor Apple kompaniyasining FaceTime videoqo‘ng‘iroq xizmati ham bloklangani haqida xabar qildi. Bir kun avval esa o‘xshash choralar Roblox o‘yin platformasiga nisbatan qo‘llangan edi. So‘nggi haftalar va oylarda RKN WhatsApp va Telegram messenjerlari ishini ham cheklab kelmoqda — jumladan, ularda qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati bloklangan. Noyabr oyi oxirida Roskomnadzor Rossiyada WhatsApp’ni to‘liq bloklash bilan tahdid qildi, chunki servis Rossiya talablarini bajarishdan bosh tortgan.
Snapchat — foydalanuvchilarga suratlar, video va xabarlar almashish imkonini beradigan messenjer bo‘lib, ular mobil qurilma ekranida faqat bir necha soniyaga namoyon bo‘ladi va so‘ng yo‘qoladi, ammo Snapchat serverlarida saqlanib qoladi. Xizmat ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerika yoshlari orasida juda ommabop. 2011 yilda Stenford universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan messenjerning oylik aktiv foydalanuvchilari soni 900 million kishidan oshib ketgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026