Jahon | 23:49 / 06.12.2025
1098
1 daqiqa o‘qiladi

Mask YeIni tugatishga chaqirdi

Avvalroq Yevropa komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortgandi.

Foto: AP / John Raoux

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Yevroittifoqni tugatishga chaqirdi.

“Yevropa Ittifoqi tugatilishi, suverenitet esa hukumatlar o‘z xalqini yaxshiroq ifodalashi uchun alohida mamlakatlarga qaytarilishi kerak”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Maskning qo‘shimcha qilishicha, byurokratiya "Yevropani bo‘g‘ib asta-sekin o‘limga olib bormoqda”.

Avvalroq Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Toma Renyye Yevrokomissiya raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortilganini ma’lum qilgandi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro esa ijtimoiy tarmoqning jarimaga tortilishini "bu faqat boshlanishi" deb izohladi.

Mavzuga oid