O‘zbekiston | 11:10 / 09.12.2025
2107
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi

Prezident farmoni asosida davlat organlari faoliyati darajalari aniq belgilab olinmoqda hamda 2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman va shaharda kadrlar rotatsiyasi tizimi tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Getty Images

Farmonga muvofiq, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:

  • konstitutsiyaviy va milliy daraja;
  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
  • hududiy daraja;
  • tuman (shahar) darajasi;
  • mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari, shuningdek tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari, qoida tariqasida, har 5 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
  • rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning hrm.gov.uz elektron platformasi orqali aniqlanadi;
  • rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin ushbu hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
  • rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilib boriladi.

Mazkur mexanizm davlat xizmatini hududlar kesimida yanada jonlantirish, rahbar kadrlarning mas’uliyati va hududlar bo‘yicha tajriba almashinuvini kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid