Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlarning 70 foizga yaqini Tojikistondan
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan 75 666 nafar xorijlikning qariyb 70 foizi (taxminan 70,1 foiz) Tojikiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorij fuqarolari orasida Tojikiston — 53 045 nafar bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston — 13 038 nafar va Qozog‘iston — 6 979 nafar bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Rossiyadan 1 709, Afg‘onistondan 533, Turkmanistondan 215, Turkiyadan 43, AQShdan 15, Xitoydan 14, Ozarboyjondan 10 nafar fuqaro davolanish maqsadida kelgan. Boshqa davlatlar hissasi 65 nafarni tashkil etgan.
Umuman olganda, statistikaga ko‘ra, davolanish uchun keluvchilarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
15:20 / 15.12.2025
O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar: TOP-10 davlat ro‘yxati
14:27 / 15.12.2025
O‘zbekistonda shahar aholisining asosiy qismi alohida uylarda yashaydi
13:14 / 15.12.2025
Statistika: tijorat tashkilotlarining asosiy qismi MChJ
09:36 / 15.12.2025