Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklarga bepul yotoq beriladi
Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahri va Moskva viloyatidagi 15 ga yaqin hostel hamda sutkalik mehmonxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan, shuningdek, majburiy mehnat qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahri va Moskva viloyatidagi 15 ga yaqin hostel hamda sutkalik mehmonxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Turar joysiz qolgan va murakkab moliyaviy ahvolda bo‘lgan fuqarolar Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2-uy (Polyanka metro bekati) manzilida joylashgan vakolatxonaga murojaat qilishi mumkin. Vaziyat o‘rganilgach, ularga 30 kungacha bepul yotoq joyda yashash imkoniyati yaratiladi.
Hozirda Shimoli-g‘arbiy, Ural, Sibir, Uzoq Sharq va Janubiy federal okruglarda ham hostel va mehmonxonalar bilan shartnoma tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026