Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov boshchiligidagi delegatsiya Londonga tashrif doirasida chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan biznes-forumda ishtirok etdi. Tadbir yakunida Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan chiqindilarni qayta ishlovchi zavod bo‘yicha bitim imzolandi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov boshchiligidagi delegatsiya Londonda o‘tkazilgan chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishida O‘zbekiston–Britaniya hamkorligiga bag‘ishlangan biznes-forumda qatnashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida tashkil etilgan tadbirda Britaniya Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF), CDE Group, Kiverco, Fichtner, Operis kabi kompaniyalar vakillari hamda yirik sarmoyadorlar ishtirok etdi.
Forum doirasida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi Britaniya kompaniyalari — CDE Group va Kiverco tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida CDE Group va Kiverco kompaniyalari tomonidan Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan chiqindilarni qayta ishlovchi zavod loyihasi yuzasidan bitim imzolandi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Londonda joylashgan chiqindilarni qayta ishlash obektlariga tashrif tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda Britaniyaning ilg‘or tajribasi o‘rganildi.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
08:50
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
09:10 / 07.06.2026