Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefon xavfsizligi: zararli APK fayllardan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar
So‘nggi paytlarda “Bayramga taklifnoma”, “Sening rasmlaring”, “Sud chaqiruvi” kabi nomlar ostida zararli APK fayllar tarqalayotgani haqida ogohlantirish berildi. Fuqarolardan shubhali fayllarni ochmaslik va qurilmaga o‘rnatmaslik so‘ralmoqda.
Foto: O‘zkomnazorat
So‘nggi kunlarda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli nomlar bilan yuborilayotgan APK fayllar orqali foydalanuvchilarni aldash holatlari kuzatilmoqda. Bunday fayllar qurilmaga o‘rnatilganidan so‘ng shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi, akkauntlarga ruxsatsiz kirishi yoki telefondagi moliyaviy ilovalar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, deb xabar berdi O‘zkomnazorat.
Ogohlantirishda qayd etilishicha, ayniqsa “Bayramga taklifnoma”, “Sening rasmlaring”, “Sud chaqiruvi” kabi qiziqish uyg‘otadigan nomlar ostida yuborilayotgan fayllarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish lozim. Fayl manbasi ishonchli bo‘lmasa, uni ochish va o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
Agar shubhali ilova qurilmangizga o‘rnatib yuborilgan bo‘lsa, mutaxassislar quyidagi choralarni ko‘rishni tavsiya qiladi:
🔵 internetni o‘chiring yoki telefonni parvoz rejimiga o‘tkazing;
🔵 telefon sozlamalari orqali shubhali ilovani darhol o‘chirib tashlang;
🔵 muammo saqlansa, qurilmani tekshirish uchun mutaxassisga murojaat qiling.
Shuningdek, foydalanuvchilarga telefon xavfsizligini ta’minlash maqsadida faqat rasmiy manbalardan ilova yuklab olish, noma’lum havolalar orqali kelgan fayllarni ochmaslik va qurilmada xavfsizlik sozlamalarini doimiy ravishda nazorat qilib borish tavsiya etildi.
Ta’kidlanishicha, har qanday APK fayl xavfli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:09 / 09.12.2025
Humans ilovasiga ulangan kartalardan ommaviy ravishda pul yechib olinyapti
12:23 / 08.12.2025
Telegram Passkey funksiyasini ishga tushirdi, endi parol va SMS kiritish shart emas
13:01 / 06.12.2025
YeI Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga 120 mln yevro jarima soldi
19:30 / 04.12.2025