Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan chinni eng ko‘p Qozog‘iston va Afg‘onistonga sotilyapti
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatga jami 245,9 ming AQSh dollarlik chinni eksport qilgan. Eksport yo‘nalishlarida Qozog‘iston va Afg‘oniston yetakchi bo‘lib turibdi.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistondan chinni eng ko‘p Qozog‘istonga — 102 ming dollar, shuningdek Afg‘onistonga — 60,8 ming dollar qiymatida yetkazib berilgan. Ushbu ikki davlat hissasi umumiy eksportning salmoqli qismini tashkil etadi.
Yevropa bozoriga ham yetkazib berishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Germaniyaga 39 ming dollarlik chinni eksport qilingan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina — 15,9 ming dollar, Xitoy — 14,4 ming dollar ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Qolgan davlatlar hissasiga jami 13,9 ming dollar to‘g‘ri keladi.
Asosiy bozorlar (yanvar–oktyabr, 2025):
- Qozog‘iston — 102 ming dollar;
- Afg‘oniston — 60,8 ming dollar;
- Germaniya — 39 ming dollar;
- Ukraina — 15,9 ming dollar;
- Xitoy — 14,4 ming dollar;
- boshqa davlatlar — 13,9 ming dollar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geografiya 15 davlatni qamrab olgan. Eksportning asosiy qismi qo‘shni va mintaqaviy bozorlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
10:43
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
08:43
Transport xizmatlari bozor xizmatlarining 18,4 foizini tashkil etdi
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
14:52 / 16.12.2025