Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akmal Shukurov ishini apellyatsiyada ko‘rgan sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
Akmal Shukurovga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Uni Sudyalar oliy kengashi o‘tkazmoqda. Apellyatsiya sudi Shukurovga tayinlangan 8 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni qamoqdan ozod etib yuborgandi. Ishni ko‘rishda sudya Odilbek Ilhomjonov raislik qilgan.
Bezoriligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan Akmal Shukurov ishi bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8 yil 1 oyga qamalgan Akmal Shukurovning apellyatsiya sudi tomonidan ochiqqa chiqarib yuborilishi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Unga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Xizmat tekshiruvi Sudyalar oliy kengashi tomonidan o‘tkazilmoqda. Uning natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildirildi.
Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqishda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Odilbek Ilhomjonov raislik qilgan. Hay’at sudyalari esa Mirziyod Abidov va Muxtarama Turg‘unova bo‘lgan.
Tungi klub oldida tanishini himoya qilishga uringan shaxsga kuchli zarba berib, komaga tushirib qo‘ygan, so‘ngra voqea joyidan qochib ketib, ko‘p o‘tmay Qozog‘istonda qo‘lga olingan va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan Akmal Shukurovga JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2025 yil 24 oktyabrdagi hukmi bilan 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudi 9 dekabrdagi ajrimi bilan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, Akmal Shukurovni darhol sud zalidan qamoqdan ozod qilib yubordi. 18 dekabr kuni jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan kiritilgan protest asosida taftish instansiyasida qayta ko‘rib chiqildi va Akmal Shukurovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, u qamoqqa qaytarildi.
Mavzuga oid
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
14:47 / 18.12.2025
8 yilga qamalib, apellyatsiyada ozodlikka chiqqan Akmal Shukurov ishi bugun taftishda ko‘riladi
19:46 / 17.12.2025
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi
14:58 / 17.12.2025