Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida
2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokida 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 2025 yil 1 dekabr holatiga 17 900 tani tashkil etgan.
Shuningdek, ulardan 4 228 tasi qo‘shma, 13 762 tasi xorijiy korxonalar ekani qayd etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 6 403 ta (35,8 foiz);
- sanoat sohasida – 3 706 ta (20,7 foiz);
- qurilish sohasida – 1 389 ta (7,8 foiz);
- axborot va aloqa sohasida – 1 377 ta (7,7 foiz);
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 737 ta (4,1 foiz);
- tashish va saqlash sohasida – 586 ta (3,3 foiz);
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 447 ta (2,5 foiz);
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 209 ta (1,2 foiz);
- boshqa sohalarda – 3 046 ta (17,0 foiz).
Mavzuga oid
14:10
Depozitar operatsiyalar to‘xtatilishi va qog‘ozlarni o‘tkazish mexanizmi belgilandi
11:00
Hududlar kesimida metallurgiya: eng katta hajm Navoiy viloyatida
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
17:12 / 20.12.2025