Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi
2026 yil 1 yanvardan davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga kiritiladi. Dastur orqali davlat xizmatlarini yanada tez va qulay qilish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish hamda shaffoflikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish va raqamli boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan.
Dasturning asosiy vazifalari sifatida, jumladan:
- davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;
- ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish belgilangan.
Shuningdek, dastur doirasida tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish hamda davlat boshqaruvida raqamli muloqotni to‘liq yo‘lga qo‘yishga qaratilgan yo‘nalishlar ham nazarda tutilgan.
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi davlat xizmatlarini raqamlashtirish va jarayonlarni soddalashtirish orqali fuqarolar hamda biznes uchun qulay muhit yaratish, shuningdek, shaffoflikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
15:51 / 12.05.2026