Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat ko‘tarilishi, shanba kuni +7…+10, yakshanba kuni +10…+13 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Foto: Kun.uz
Juma kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda qor yog‘adi. Havo harorati +3…+8 daraja, shimolda 0…–5 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz o-havo saqlanib turadi.
Shanba kuni +7…+12 darajagacha, yakshanba kuni +10…+13 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +2…+3 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida juma kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +4…+6 daraja bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+2 daraja iliq, kunduzi +7…+9 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +2…+4 daraja, kunduz +10…+12 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Mavzuga oid
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
14:15 / 22.05.2026
Hafta oxirida ham yomg‘irli ob-havo davom etishi kutilmoqda
10:25 / 20.05.2026
Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta’sir ko‘rsatildi
23:10 / 15.05.2026