Iqtisodiyot | 08:42
481
1 daqiqa o‘qiladi

Tikuv-trikotaj va charm sanoatiga imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi

Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, tikuv-trikotaj, poyabzal hamda charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozli soliq stavkalari belgilandi.

Foto: Kun.uz

Qonunga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur yo‘nalishlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari foyda solig‘ini 2 foiz, ijtimoiy soliqni esa 1 foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

Mazkur norma soha korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish va kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Qonun 2025 yil 25 dekabrda qabul qilingan.

Mavzuga oid