O‘zbekiston | 13:02
3946
2 daqiqa o‘qiladi

Abdumannop Bo‘riyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimiga Abdumannop Abdurahmadovich Bo‘riyev tayinlandi. 

Foto: Telegram / davlat_boshqaruvi

Biznes-ombudsman — tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli mansabdor shaxs hisoblanadi. U (shuningdek, vakilning o‘rinbosari ham) prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilangan. 

Ochiq manbalarda keltirilishicha, Abdumannop Bo‘riyev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. 

U adliya tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Xususan, 2025 yilda Adliya vazirligi markaziy apparatida Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, bunga qadar esa Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasiga rahbarlik qilgani qayd etilgan. 

Shuningdek, Adliya vazirligi hujjatlarida u Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida ham ko‘rsatilgani qayd etilgan. 

Biznes-ombudsman instituti tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlar huquqiy himoyasini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda ish olib borishi nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid