Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bild: Germaniyada viza firibgarligi holatlari ikki baravarga oshdi
Bild tabloidi yozishicha, uchinchi mamlakatlardan kelayotgan xorijliklar Germaniyaga aldash yo‘li bilan olingan vizalar orqali kirishga tobora ko‘proq urinmoqda. So‘nggi to‘rt yil ichida bunday holatlar soni ikki baravarga oshgan.
Germaniyada viza firibgarligi holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda yakshanba, 28 dekabr kuni Bild gazetasi federal politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Nashrga politsiya xodimi aytishicha, “bir necha yildan beri chegara orqali harakatni nazorat qilishga mas’ul idoralar vizalarni aldash yo‘li bilan olish holatlari ortib borayotganini kuzatmoqda”. Federal politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlarning ko‘pchiligi Germaniyada “boshpana berish haqidagi arizalar” bilan bog‘liq.
Bu yerda gap faqat nemis vizalari haqida emas. Bild ta’kidlashicha, Fransiya, Gretsiya, Italiya va Ispaniya vizalari bilan bog‘liq holatlar ham tergov qilinmoqda — ya’ni shu vizalar egalarining Germaniyaga kirishga uringani qayd etilgan. Jurnalistlar suhbatlashgan politsiya xodimi fikricha, viza firibgarligi holatlarining ko‘payishi Germaniya chegaralarida vaqtincha joriy etilgan nazoratning “yuqori samaradorligi” bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, xodim ma’lum qilishicha, hozir politsiyaga “milliy nemis vizalarini ishga joylashish yoki o‘qish maqsadida noto‘g‘ri (qonunga xilof) qo‘llash” haqidagi ma’lumotlar ham tobora ko‘proq kelib tushmoqda.
Bild keltirayotgan Federal politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 10 oyida 5569 nafar gumonlanuvchi aniqlangan — bu o‘tgan yil davomidagi jami ko‘rsatkich (5872)dan sal kam, biroq 2022 yilga (2676) nisbatan ikki baravardan ham ko‘p.
Bild xabarida aytilishicha, viza firibgarligida gumonlanuvchilarning aksar qismi Turkiyadan (634) kelgan. Keyingi o‘rinlarda Ozarboyjon (526), Eron (462), Suriya (275) va Afg‘oniston (212) fuqarolari qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026