Jamiyat | 10:30
749
1 daqiqa o‘qiladi

Gurjistonda qo‘lga olingan qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga topshirildi

Tbilisi shahri aeroportida Gurjistonning vakolatli organlari tomonidan yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga topshirildi.

Foto: IIBB

Ma’lum qilinishicha, Interpol kanallaridan samarali foydalanish natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxslarning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gurjiston hududida qo‘lga olingan.

Keyinchalik, ko‘p qirrali ishlar va yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama hamkorlik natijasida Interpolning xalqaro maydonlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida Toshkent hamda Tbilisi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida qidiruvdagi shaxslarni O‘zbekiston tomoniga topshirish masalasida kelishuvga erishilgan.

Xususan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining qo‘llab-quvvatlashi va iltimosiga ko‘ra, tergov materiallari asosida Gurjiston Adliya vazirligi tomonidan qidiruvdagi shaxslarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rov qanoatlantirilgan. Natijada ular Toshkentga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida IIB xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga oid