O‘zbekiston | 13:34
4528
3 daqiqa o‘qiladi

Uychi tumanida ham hokim almashdi

2021 yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Musayev ishdan ketdi. Uning o‘rnini Muzaffar Abdullayev egalladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Muzaffar Abdug‘aniyevich Abdullayev Namangan viloyati Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

29 dekabr kuni xalq deputatlari Uychi tumani kengashining Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirokidagi sessiyasida keyingi yillarda Uychi tumanida olib borilgan ishlar, Uychi tajribasi doirasida erishilgan yutuqlar barobarida, ishda yo‘l qo‘yilgan xato va kimchiliklarga atroflicha to‘xtalinib, hududlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarurligi ta’kidlandi. 

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Shuhrat Mirsodiqovich Musayevni Uychi tumani hokimi  vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi tegishli  qarorlarini tasdiqladi.

Shuhrat Musayev

Shuningdek, viloyat hokimining Muzaffar Abdug‘aniyevich Abdullayevni Uychi tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori bir ovozdan ma’qullandi. 

Shuhrat Musayev muqaddam Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2021 yil dekabrida Uychi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Tumanning yangi hokimi Muzaffar Abdullayev 1984 yilda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan.  Ma’lumoti oliy, mutaxassisligi iqtisodchi, tarmoqlar iqtisodiyoti magistri.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda Namangan viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi lavozimida boshlab, bosh iqtisodchi va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida, 20172019 yillarda Namangan shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri, 20192020 yillarda Namangan shahar hokimi o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda 20202021 yillarda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid