Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekgidroenergo» AJga Sanginovning o‘g‘li yangi rahbar bo‘ldi
Abdug‘ani Sanginov «O‘zbekneftgaz» AJ rahbari lavozimiga o‘tgach, «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariligida bo‘sh qolgan o‘rnini uning o‘g‘li Islom Abdurahmonov egalladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»
Islom Abdug‘aniyevich Abdurahmonov «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.
U mazkur tashkilotning sobiq rahbari Abdug‘ani Sanginovning o‘g‘li hisoblanadi.
Hozirda 66 yoshda bo‘lgan Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov muqaddam Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «O‘zsuvenergo» birlashmasini boshqargan, 2017 yil mayida ushbu birlashma negizida tashkil etilgan «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.
2025 yil 17 dekabr kuni esa Bahodir Siddiqov «O‘zbekneftgaz» rahbarligidan ketib, uning o‘rnini Abdug‘ani Sanginov egallagani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Islom Abdurahmonov muqaddam «To‘palang HPD water construction» UKning yagona ta’sischisi bo‘lgan «To‘palang HPD HOLDING» MChJga rahbarlik qilgan va holding ulushining katta qismi – 61,70 foizi unga tegishli edi.
O‘z navbatida, «To‘palang HPD water construction» kompaniyasi 2020 yil mayida o‘pirilish ro‘y bergan Sardoba suv ombori qurilishida qatnashgan 10 dan ziyod subpudratchilardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
10:30 / 24.04.2025