Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish rejalashtirilmoqda
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlar uchun erkin faoliyat yuritishga qaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha maqsadlar belgilangan.
Loyihada qayd etilishicha, respublikada 16 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish va ushbu sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish rejalashtirilmoqda. Maqsad — bozorda raqobat muhitini kuchaytirish, xizmat va mahsulotlar sifati hamda samaradorlikni oshirishdir.
Shu bilan birga, strategiya loyihasida iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish, tadbirkorlik sub’yektlariga xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish vaqtini o‘rtacha 3 baravarga qisqartirish ham nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, raqobat muhitini kuchaytirish doirasida bozorlarda raqobatni baholash amalga oshirilgan sektorlar sonini 20 taga yetkazish, davlat xaridlarida ochiq tender savdolari ulushini 70 foizga chiqarish kabi vazifalar ham belgilangan.
Loyihada belgilangan choralar davlat monopoliyalarini qisqartirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali iqtisodiyotda raqobat muhitini mustahkamlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 01.12.2025
Temiryo‘llari tizimida monopoliya tugatiladimi?
15:51 / 27.10.2025
Markaziy bank savdodagi tarif va notarif cheklovlarni kamaytirishga chaqirdi
14:17 / 07.10.2025
“Yuksalish” harakati: Bojlar yordamida monopoliya yaratmaslik kerak
10:09 / 15.08.2025