Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokurori Maduro narkoterrorizmda ayblanayotganini ma’lum qildi
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduro va uning rafiqasi “qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgani”ni ma’lum qilgandi.
AQSh bosh prokurori Pamela Bondi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qanday ayblovlar qo‘yilayotganini ma’lum qildi.
"Nikolas Maduroga nisbatan narkoterrorizm, kokain tashish, noqonuniy ravishda qurol-yarog‘ saqlash hamda Qo‘shma Shtatlarga qarshi pulemyotlar va portlovchi qurilmalarni saqlash ayblovlari e’lon qilindi", - deb yozdi Bondi X ijtimoiy tarmog‘ida.
3 yanvar kuni ommaviy axborot vositalarida AQSh Venesuela hududida harbiy zarbalar berganini, Karakasda portlashlar, pastdan uchgan havo kemalari ovozi, qora tutun va ayrim joylarda elektr uzilishi qayd etilgani xabar qilindi.
Keyinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social’da Maduro va uning rafiqasi “qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgani”ni yozdi.