Turizm | 15:21 / 12.01.2026
3655
2 daqiqa o‘qiladi

15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 15 259 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ko‘paygan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida AQShga borgan fuqarolarning safar maqsadlari kesimida eng katta ulush sayohat hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadidagi safarlar ham salmoqli o‘rin egallagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilishicha, safar maqsadlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:

  • sayohat — 10 841 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 3 750 nafar;
  • o‘qish — 333 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 307 nafar;
  • davolanish — 28 nafar.

Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, turistik safarlarda asosiy yo‘nalish sifatida sayohat ustun bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, ta’lim va xizmat safari maqsadidagi tashriflar ham mavjud bo‘lib, ular umumiy oqimda nisbatan kam ulushni tashkil etadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida ushbu ko‘rsatkichlar 2025 yil yanvar–noyabr oylarida turistik maqsadlarda amalga oshirilgan safarlar kesimida keltirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid