Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterrish Eronda namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishini keskin qoraladi
Antoniu Guterrishning aytishicha, barcha eronliklar qo‘rqmasdan norozilikni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Yevropa parlamenti raisi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatladi. Noroziliklar vaqtida yuzlab odam halok bo‘ldi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron hukumati namoyishchilarga nisbatan me’yordan ortiqcha kuch ishlatgani haqidagi xabarlardan qattiq larzaga kelganini bildirdi. Aytilishicha, buning oqibatida yuzlab qurbonlar va yaralanganlar qayd etilgan. Jahon tashkiloti rahbarining bayonoti yakshanba, 11 yanvar kuni e’lon qilindi.
“Barcha eronliklar tinch yo‘l bilan va qo‘rqmasdan norozilikni bildirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Xalqaro huquqda mustahkamlangan fikr bildirish erkinligi, uyushmalarga birlashish va tinch yig‘inlar o‘tkazish huquqlari to‘liq hurmat qilinishi va himoya qilinishi shart”, — deya ta’kidladi Guterrish.
U Eron hokimiyatlarini eng yuqori darajada o‘zini tiyishga va “keraksiz yoki nomutanosib” kuch ishlatishdan tiyilishga qat’iy chaqirdi.
BMT rahbari, shuningdek, Tehron axborotga kirish imkonini ta’minlash, jumladan aloqa vositalarini qayta tiklash bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak, deb hisoblaydi.
Namoyishchilarni Yevropa parlamenti raisi Roberta Metsola ham qo‘llab-quvvatladi. U X ijtimoiy tarmog‘ida “ko‘chalardagi jasur qizlar, talabalar, erkaklar va ayollar”ga murojaat qilib: “Sizning vaqtingiz keldi”, — deb yozdi. “Bilasizmi, aloqani to‘sib qo‘yadigan har qanday rejim — o‘z xalqidan qo‘rqadigan rejimdir”, — dedi Metsola.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ham ushbu vaziyatdagi o‘z burchini anglab, harakatni boshlashi kerak. “Eron ozod bo‘ladi”, — deb ta’kidladi u.
Norvegiyada joylashgan Iran Human Righs huquqni himoya qiluvchi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 11 yanvarga qadar noroziliklar jarayonida kamida 192 kishi o‘ldirilgan. Faollar haqiqiy qurbonlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. AQShda joylashgan HRANA huquqni himoya qiluvchi tarmog‘i esa qurbonlar sonini 538 nafar deb baholagan.
Eron rahbariyatiga qarshi kundalik ommaviy namoyishlar 2025 yil 28 dekabrdan beri to‘xtamayapti. Eron xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga nisbatan keskin harakatlari va internetning bloklanganiga qaramay, Tehron hamda mamlakatning boshqa yirik shaharlari ko‘chalariga minglab norozilar chiqdi. Namoyishchilar kastryulkalarni urib shovqin solmoqda va “Xomanaiyga o‘lim” shiorini aytib, murojaatni Eronning oliy rahbariga qaratmoqda. Avtomobil haydovchilari esa ularni qo‘llab-quvvatlab signal chalmoqda.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 10 yanvar kuni noroziliklarni bostipish bilan tahdid qildi. Eron harbiylari uchun davlat xavfsizligini ta’minlash “qizil chiziq” hisoblanadi, shuning uchun “armiya kuch ishlatgan holda milliy manfaatlar, mamlakatning strategik infratuzilmasi va jamoat mulkini qo‘riqlaydi”, — dedi IIMK rahbari davlat televideniyesidagi efirda.
Mavzuga oid
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
00:39 / 08.06.2026