Ta’lim | 14:42 / 16.01.2026
1994
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi

2026 yil 1 fevraldan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu jumladan, umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilishi belgilandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat organlarining kitob va kitobxonlik mavzusidagi materiallari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinishi qayd etildi.

Hujjatda transport vositalarida — avtobus, metro, samolyot va poyezdlarda — simsiz yoki mobil internet tarmog‘i orqali Mutolaa platformasidan foydalanish uchun sharoit yaratish, qulaylik uchun QR-kodlar o‘rnatish vazifasi ham belgilangan.

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi. Klublar faoliyati doirasida:

  • a’zolar o‘rtasida kitob tahliliga bag‘ishlangan debatlar o‘tkaziladi;
  • maktablarda klub a’zolariga yiliga kamida 20 ta kitob o‘qitib boriladi;
  • har chorakda tuman (shahar) kesimida eng faol klub a’zolari rag‘batlantiriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid