Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuelaning oltinchi tankerini qo‘lga oldi
Veronica tankerini “Janubiy nayza” qo‘shma operativ guruhi tarkibidagi dengiz piyodalari va dengizchilar ushlagani haqida AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi xabar berdi.
Foto: AP
AQSh Qurolli kuchlari Janubiy qo‘mondonligi xabar berishicha, “Janubiy nayza” qo‘shma operativ guruhi tarkibidagi dengiz piyodalari va dengizchilar Ichki xavfsizlik vazirligi hamda USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi ko‘magida Veronica nomli tanker kemasini hech qanday hodisasiz qo‘lga olgan. Bu haqda ular payshanba kuni, 15 yanvarda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tanker Karib dengizida AQSh sanksiyalariga tushadigan kemalar uchun joriy etilgan karantin talablarini buzgan. Bu — AQSh operatsiyasi doirasida qo‘lga olingan va Venesuela bilan bog‘liq oltinchi kema.
Ushbu qo‘lga olish operatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyda Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado bilan uchrashuvi arafasida amalga oshirilgan.
“Novaya gazeta Yevropa” aniqlashtirishicha, kema egasi sifatida Rossiyaning “Burevestmarin” kompaniyasi ko‘rsatilgan.
Avvalroq, 9 yanvar kuni Olina kemasining qo‘lga olinishi Venesuela neftini eksport qilishda ishtirok etayotgan tankerlarni ta’qib qilish operatsiyasi doirasida AQSh tomonidan amalga oshirilgan beshinchi to‘xtatib qolish holati bo‘lgandi.
AQSh hokimiyati baholashicha, “soya flot” kemalari Venesuela neft eksportining taxminan 70 foiziga to‘g‘ri keladi.
Bundan oldin AQSh Atlantika okeanida Rossiya kompaniyasiga tegishli Marinera (Bella 1) tankerini ham qo‘lga olgan edi. Kema ikki haftadan ortiq vaqt davomida AQSh sohil qo‘riqlash xizmati kemasining ta’qibidan qochib yurgan. Rossiya bu tankerning ushlanishini noqonuniy kuch ishlatish amaliyoti deb atagan.
Mavzuga oid
09:35
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
09:09
“Eronda 800 ta qatl to‘xtatildi”: Oq uy Trampning bayonotini izohladi
08:32
Machado Oq uyda Trampga Nobel tinchlik mukofotini “topshirdi”
23:20 / 15.01.2026