Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
Ayni paytda omonatchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda, ushbu jarayon 8 ish kuni davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Lisenziyasi chaqirib olingan “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatini tugatish bo‘yicha komissiya ish boshladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda omonatchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda, ushbu jarayon 8 ish kuni davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ikki ish kuni ichida Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kompensatsiya miqdori hamda agent-bank to‘g‘risida qo‘shimcha axborot e’lon qilinadi. Ma’lumot taxminan 28 yanvar kuni taqdim qilinadi.
Markaziy bank omonat mablag‘lari bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi yuzasidan batafsil ma’lumotni Omonatlarni kafolatlash agentligining 55-550-05-00 raqamli ishonch telefoni orqali olish mumkinligini bildirdi.
Markaziy bank Boshqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, “Yangi bank” AJ faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingandi.
Bunga bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmagani, shuningdek, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmagani sabab bo‘lgan.
Bankning 32 526 ta omonatchisidan 32 153 tasiga davlat tomonidan kafolatlangan omonat mablag‘lari to‘liq qaytariladi, 373 ta haqdor esa omonatining 200 mln so‘mdan ortiq qismini qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olishi mumkin.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026