Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
2023 yil oxirida kuchga kirgan Majburlashga qarshi kurashish vositasi Yevropa mamlakatlariga iqtisodiy javob choralari uchun kengaytirilgan vakolatlarni taqdim etadi.
Foto: REUTERS
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan boj joriy etish tahdidi amalga oshadigan bo‘lsa, Yevroittifoqning majburlashga qarshi kurashish (ACI) vositasini ishga solishni taklif etmoqda. Bu haqda Le Figaro va AFP xabar berdi.
«AQSh tomonidan savdo munosabatlariga nisbatan tahdidlar Yevroittifoq va AQSh o‘rtasida o‘tgan yili tuzilgan bojlar to‘g‘risidagi kelishuvni shubha ostiga qo‘ymoqda», — deb yozadi Le Figaro Makronning yaqin hamkori so‘zlariga tayanib.
AFP agentligining xabariga ko‘ra, Fransiya prezidenti «kun davomida yevropalik hamkorlari bilan muloqotda bo‘lgan».
2023 yil oxirida kuchga kirgan Majburlashga qarshi kurashish vositasi (Anti-Coercion Instrument, ACI) Yevropa mamlakatlariga iqtisodiy javob choralari uchun kengaytirilgan vakolatlarni taqdim etadi.
Unga ko‘ra, texnologiya korporatsiyalariga nisbatan qo‘shimcha soliq va yig‘imlar joriy etish, investitsiyalarni cheklash, Yevroittifoq bozoriga kirishni cheklash yoki yopish, kompaniyalarning tenderlarda qatnashishini taqiqlash imkonini beradi.
Avvalroq Donald Tramp Yevropaning sakkiz mamlakatiga nisbatan 10 foizlik boj joriy etilishini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026