O‘zbekiston | 09:39 / 22.01.2026
3654
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib, bir qator mas’ul lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Foto: Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, Asqarov Nosirjon Ibrohimovich o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

Shirinova Raima Hakimovna ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor vazifasini bajaradigan bo‘ldi.

Valiyev Shamsiddin Eshpo‘latovich esa moliya-iqtisod va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid