Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya ayblovi: Rossiya Ukrainaga qarshi “sovuq quroli”ni ishga soldi
Germaniya RF hukumatini ukrainaliklarga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Ukraina energiya ta’minoti tizimiga doimiy hujumlar uyushtirish orqali Rossiya “sovuqni qurol sifatida ishlatmoqda”, - dedi Germaniya hukumati rasmiy vakilining o‘rinbosari Shteffen Mayyer chorshanba kuni, 21 yanvarda Berlinda.
Foto: Reuters
“Uning harakatlari chuqur ma’noda g‘ayriinsoniy va insonni nafratlantiruvchi tusga ega”, — dedi u. Berlin vakiliga ko‘ra, qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan to‘liq ko‘lamli urush Ukrainani zaiflashtirish va holdan toydirishga qaratilgan. “Bizning fikrimizcha, Rossiya u yerda harbiy jinoyatlar sodir etmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Germaniya hukumati “davom etayotgan ommaviy Rossiya havo zarbalari”ni eng qat’iy shaklda qoralamoqda. “O‘zining harbiy agressiyasi boshlanganidan beri eng sovuq qishda Rossiya Ukrainaga fuqarolik obektlari va energetika infratuzilmasiga qarshi shafqatsiz hujum to‘lqinlarini amalga oshirmoqda, — dedi Mayyer. — Yuz minglab bolalar, keksa odamlar, butun oilalar elektr, isitish va issiq suvsiz sovuqqa chidashga majbur”.
9 yanvardan beri Rossiya armiyasi Ukraina poytaxtining energetika infratuzilmasiga qarshi hozirgacha eng vayronkor hujumni davom ettirmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevda Rossiyaning uzluksiz zarbalari oqibatida taxminan 4000 ta uy isitishsiz qolgan, binolarning qariyb 60 foizida elektr ta’minoti yo‘q. Zelenskiy 21 yanvar kuni maxsus “energetik selektor” yakunlari bo‘yicha, poytaxt va Kiyev viloyatidan tashqari eng og‘ir vaziyat Xarkiv shahri va viloyatida, shuningdek Sumi, Chernixiv va Dnipropetrovsk viloyatlarida kuzatilayotganini bildirdi.
Kiyev hokimiyati bir necha kun oldin Ukraina poytaxti aholisini imkon qadar shahar tashqarisiga chiqib ketishga chaqirgan edi. Kiyev meri Vitaliy Klichko 20 yanvar kuni AFP’ga bergan intervyusida, bu chaqiriqqa taxminan har oltinchi aholi amal qilganini aytdi. 9 yanvardan beri shaharni 3,6 million aholidan 600 ming kishi tark etgan. Germaniya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya hozircha Ukrainadan kelayotgan qochqinlar soni oshganini kuzatmayapti.
Mavzuga oid
14:05
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:31
GFR vitse-kansleri: Trampning bojlardan voz kechganidan xursand bo‘lishga hali erta
23:18 / 21.01.2026