Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida qurilish uslubi bilan an’anaviy sharq me’morchiligini eslatadigan bino buzib tashlanayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Tarixiy inshootni eslatadigan bino buzilishi jamoatchilik o‘rtasida norozilik keltirib chiqardi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan boshqarma mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar natijasida videoda aks etgan inshoot madaniy meros obektlari davlat ro‘yxatiga kiritilmagani aniqlangan. Shuningdek, ushbu bino belgilangan tartibda muhofazaga olingan tarixiy yoki madaniy meros obekti hisoblanmasligi ma’lum qilingan.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati ham Kun.uz’ga holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, tuman markazida joylashgan mazkur bino 1992 yilda hashar yo‘li hamda homiylik mablag‘lari hisobidan namozgoh sifatida barpo etilgan. Biroq inshoot uzoq yillar davomida foydalanilmasdan kelingan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bino madaniy meros obektlari yoki tarixiy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilmagan, davlat muhofazasida turmaydi hamda unga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan. Shu bilan birga, inshoot joylashgan yer maydoni Urgut tumani hokimligi zaxirasi hisobida turgan.
Hokimlikka ko‘ra, ayni paytda tuman markazida shaharsozlik qiyofasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur rejalar doirasida bino belgilangan tartibda buzilib, yo‘l qismi kengaytirilishi va avtomobillar uchun qo‘shimcha to‘xtash joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
16:13 / 05.12.2025