Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: “AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishdik”
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainaga AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlari berish masalasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelishuvga erishilganini bildirdi. Zelenskiy bu haqda payshanba kuni, 22 yanvarda Davosda o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida Tramp bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlarga ma’lum qildi.
Foto: REUTERS
Ukraina rahbarining aytishicha, xavfsizlik kafolatlari mavzusi “yopildi”. “Hujjat tomonlar — prezidentlar tomonidan imzolanishi, keyin esa milliy parlamentlarga ratifikatsiya uchun yuborilishi kerak”, — dedi Zelenskiy.
Tramp bilan muzokaralardan keyin u yana bir bor Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tizimi AQSh ishtirokisiz mumkin emasligini ta’kidladi. Zelenskiyning aytishicha, Buyuk Britaniya va Fransiya ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalga oshiriladigan joyda nazoratni ta’minlashga tayyorligini bildirgan, ammo “AQShsiz xavfsizlik kafolatlari ishlamaydi”.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina sharqiy hududlarining kelajagiga oid masalalar hali hal bo‘lmaganini aytdi. “Gap mamlakatimizning sharqiy qismi, yer haqida ketyapti. Bu biz hali hal qilmagan masala”, — dedi u. Uning fikricha, bu mavzuni AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff muhokama qilgan bo‘lishi mumkin.
Bundan oldin, shu kuni Uitkoff mojaroni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar ilg‘or bosqichda ekanini, Kiyev va Moskva o‘rtasida “faqat bitta muammo” qolganini aytgan edi. U aniq tafsilotlarni ochiqlamagan. Uitkoff bu bayonot paytida Moskvada bo‘lgan.
Rossiya Ukraina hududining taxminan 20 foizini nazorat qilayotgani aytiladi va ehtimoliy kelishuv doirasida Donbass ustidan to‘liq nazoratni talab qilmoqda. Kiyev bu talablarni rad etadi.
Rossiya—Ukraina urushiga yakun yasash uchun faol diplomatik urinishlar bir necha oydan beri davom etmoqda. Muzokaralarda AQSh ilk bor taklif qilgan tinchlik rejasining yangilangan varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Payshanba kuni Zelenskiy AQSh, Ukraina va Rossiya vakillari o‘rtasida BAAda muzokaralar bo‘lishini ham ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:35
«Rossiya kemalarini xuddi Qrimdagidek Grenlandiyada ham cho‘ktirish mumkin» – Zelenskiy
10:30
Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyin: urush tugashi kerak
08:43
Rossiya Ukraina va AQSh bilan ilk uch tomonlama muzokaralarni o‘tkazadi
08:10