Iqtisodiyot | 07:23
1279
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: 2026 yilda G20'da eng tez o‘sish Hindistonda

«Katta yigirmalik» (G20) dunyodagi eng yirik rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni birlashtiradi. Infografikada ushbu mamlakatlarning 2026 yil uchun real YaIM o‘sishi prognozlari ko‘rsatilgan.

Foto: Shutterstock

«Katta yigirmalik» mamlakatlariga jahon ishlab chiqarishining taxminan 85 foizi to‘g‘ri keladi. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) prognoziga ko‘ra, 2026 yilda eng faol o‘sish rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatiladi.

Reytingga Hindiston yetakchilik qilmoqda: prognozga ko‘ra, uning real YaIM o‘sishi 6,2 foizni tashkil etadi. Uchlikka Indoneziya (4,9 foiz) va Xitoy (4,2 foiz) ham kirgan.

Shuningdek, quyidagi mamlakatlarda ham sezilarli iqtisodiy o‘sish kutilmoqda: Argentina — 4 foiz, Saudiya Arabistoni — 4 foiz, Turkiya — 3,7 foiz.

XVJ prognoziga ko‘ra, Rossiyaning real YaIM o‘sishi 1 foiz atrofida bo‘ladi.

Eng past o‘sish sur’atlari esa Yaponiya, Italiya, Germaniya va Fransiyada kutilmoqda — 1 foizdan kam.

Umuman olganda, XVJ baholashicha, 2026 yilda jahon real YaIM o‘sishi 3,1 foizni tashkil etadi. Asosiy o‘sish drayverlari esa yana rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bo‘lib qoladi.

Aneesh Anand, Voronoi 
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid