Ta’lim | 12:40 / 28.01.2026
1981
1 daqiqa o‘qiladi

Varsovia universiteti Andijondagi filialiga 2 mln dollar investitsiya kiritadi

Polshadagi elchixona diplomatlari Varsovia biznes va amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuvda 2026–2028 yillarda Andijon viloyatidagi filial faoliyatini rivojlantirish uchun 2,35 mln AQSh dollari investitsiya kiritish rejalarini muhokama qildi.

Foto: “Dunyo” AA

Mamlakatning Polshadagi elchixonasi diplomatlari Varsovia biznes va amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida universitet rahbariyati 2026–2028 yillar mobaynida Andijon viloyatidagi ushbu ta’lim dargohi filiali faoliyatiga jami 2,35 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish rejasini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, investitsiya mablag‘larini filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, o‘quv infratuzilmasini yaxshilash, ustav kapitalini oshirish, shuningdek, litsenziya talablariga to‘liq rioya etish kabi yo‘nalishlarga sarflash ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda ushbu rejalar Andijondagi filial imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sifati va zamonaviy o‘quv sharoitlarini yaxshilash, shu bilan birga, ta’lim xizmatlarini tashkil etishda belgilangan me’yorlarga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid