Jahon | 11:29
1502
1 daqiqa o‘qiladi

Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan

Tadbirkor Alisher Usmonov Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasiga qarshi sudda g‘alaba qozondi. Hamburg yer sudi (Landgericht Hamburg) 2026 yil 23 yanvarda chiqargan qarorida Usmonov haqidagi FAZ maqolasida keltirilgan bir qator da’volarni tuhmat deb topdi va gazetaning bu bayonotlarni tarqatishini taqiqladi. 

Foto: imago sportfotodienst/imago images

Sud matbuot xizmati chorshanba, 28 yanvar kuni DW’ga da’vo qanoatlantirilganini tasdiqladi, biroq qaror hali qonuniy kuchga kirmagan. Bahs mavzusi FAZ’da 2023 yil aprel oyida e’lon qilingan maqola bo‘ldi. 

“Javobgar (FAZ — tahr.) katta darajada berilgan bayonotlarning haqiqat ekanini isbotlay olmadi”, — deyiladi DW so‘roviga javoban sud matbuot xizmatidan olingan bayonotda. 

Taqiqni buzib, ushbu ma’lumotlarni yana tarqatgan taqdirda gazetani har bir holat uchun 250 ming yevrogacha jarima kutishi mumkin. Bundan tashqari, javobgar barcha sud xarajatlarini ham to‘lashi shart.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid