Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Jizzax viloyati hokimining tog‘li-yaylov hamda dasht va cho‘l hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi. Ikki rahbar ham bunga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Qayd etilishicha, Yusupov Bahrom Muzaffarovich Jizzax viloyati hokimining tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu yo‘nalish doirasida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, turizm va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, yaylovlardan samarali foydalanish hamda savdo aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Shuningdek, Egamov Bekzod Abduvaliyevich Jizzax viloyati hokimining dasht va cho‘l hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mazkur lavozim doirasida sanoat zonalarini tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport salohiyatini kengaytirish kabi vazifalar ustuvor hisoblanadi.
U ham tayinlovga qadar vazirlik tizimida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi tayinlovlar viloyatda investitsiya va savdo sohalarida tizimli islohotlarni chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:53
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi
12:21 / 14.03.2026
Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi
20:15 / 28.02.2026
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?
14:33 / 14.02.2026