Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazilib, Qo‘qon shahrida to‘xtatilgan “Jyentra” avtomashinasidan Qirg‘izistondan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” topildi.
Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan “Jyentra” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi 1994 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli, Qirg‘izistondan kontrabanda qilingan 2797 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Aniqlangan dori vositalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ogohlantirish: kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. Bu organizmda jiddiy asoratlar va hatto kuchli qaramlikni keltirib chiqarishi, yurak xuruji, asab tizimidagi buzilishlar hamda ichki a’zolar faoliyati izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Eng ayanchlisi, o‘lim holatiga ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bois, bunday moddalarning noqonuniy aylanmasi va retsepsiz sotilishi qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, qonunchilikda javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
15:21 / 27.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik vositalari savdosi fosh etildi
08:29 / 24.01.2026
Farg‘onada 400 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
13:54 / 16.01.2026
Farg‘onada 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlandi
17:27 / 09.01.2026