Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
Musobaqa mezbonligi sport inshootlari qurilishida orqada qolayotgan Saudiya Arabistonidan olib qo‘yildi va Olmaota shahriga berildi.
2 fevral kuni Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) 2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Dastlab tadbir Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq o‘tgan oyda Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari hamda Osiyo Olimpiya kengashi tadbir noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi.
Saudiya Arabistonidagi qishki musobaqalar uchun kelajakda quriladigan Trojyena shahrida qishki havo haroratini kerakli darajada ushlab turish mumkin bo‘lgan ulkan yopiq inshootlarni barpo etish rejalashtirilgan edi. Musobaqani 2029 yilda tashkil etish kutilgan edi, ammo futuristik shahar barpo etish uchun quruvchilariga ko‘proq vaqt kerak bo‘lishi oydinlashdi.
Qozog‘iston 2011 yilda VII qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan - musobaqalar Ostona, Olmaota shahri va viloyatida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
17:43 / 31.05.2026