Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Turkiyaning MT Makina kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyatida kuniga 500 tonna quvvatga ega chiqindilarni saralash stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur tashabbus chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Loyiha Sharif Hasanov boshchiligidagi delegatsiya va MT Makina o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari asosida shakllantirilgan.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarning umumiy qiymati 10 million AQSh dollariga teng. Asosiy loyihalar 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular doirasida:
kuniga 500 tonna chiqindi saralash quvvatiga ega stansiya qurish;
yiliga 1000 dona maxsus texnika va konteyner ishlab chiqaradigan zavodni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tashabbuslar doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, loyihalarning umumiy faoliyat yuritish muddati esa 20 yil etib belgilangan.
Mavzuga oid
09:05
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026