O‘zbekiston | 11:32
1413
1 daqiqa o‘qiladi

Urbanizatsiya milliy qo‘mitasida ikki lavozimga yangi rahbar tayinlandi

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari hamda o‘rinbosari lavozimlariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Foto: Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Orif Olimovich Fayziyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U bunga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Nozim Mansurbekovich Rustambekov mazkur milliy qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlangan. U avvalroq Adliya vazirligida Huquqni qo‘llash departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

Tayinlovlar urbanizatsiya jarayonlarini tizimli boshqarish, uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish hamda sohadagi dastur va loyihalarni samarali muvofiqlashtirishga qaratilgan vazifalar ijrosini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid