O‘zbekiston | 09:33
2307
1 daqiqa o‘qiladi

Forishda kuchli yomg‘ir oqibatida sel-suv oqimlari kuzatildi

14 fevral kuni tongda Jizzax viloyatining Forish tumanida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida «Qizilqum» MFY hududida sel-suv oqimlari o‘tib, taxminan 30 ta xonadon hovlisi va tomorqasiga suv kirgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

Bugun, 14 fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati, Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida «Qizilqum» MFY, Qizilqum qishlog‘idan sel-suvlari oqimlari oqib o‘tishi kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Qizilqum» MFY, Qizilqum qishlog‘i Erali ko‘chasida joylashgan taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarining hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirishi qayd etilgan.

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga barcha zarur texnika hamda kuch-vositalar jalb etilgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida vafot etgan yoki jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda vaziyat viloyat FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid