Bugun, 14 fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati, Foriş tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuçli yomğir yoğişi natijasida «Qizilqum» MFY, Qizilqum qişloğidan sel-suvlari oqimlari oqib ötişi kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, «Qizilqum» MFY, Qizilqum qişloği Erali köçasida joylaşgan taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarining hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirişi qayd etilgan.

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlariga barça zarur texnika hamda kuç-vositalar jalb etilgan. Qayd etilişiça, hodisa oqibatida vafot etgan yoki jarohat olganlar yöq.

Hozirda vaziyat viloyat FVB tomonidan töliq nazoratga olingan.